O‘zbekistonda tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi o‘tkaziladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda joriy yil 1 oktyabrdan tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident joriy yilning 23 sentyabr kuni imzolagan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, bunda 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab yashil hududlar joylashuvini aniqlash, yerlarni tayyorlash, ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish choralari ko‘riladi.

Ko‘chat va butalarni ekish mavsumi:

  • 2026 yil 1 noyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
  • 2026 yil 5 noyabrdan Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
  • 2026 yil 10 noyabrdan Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida;
  • 2026 yil 20 noyabrdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida boshlanadi.

2027 yil 1 yanvardan “Yashil mahalla” loyihasi doirasida “Mahallani yashillashtirish” paketi joriy etiladi. 

“Yashil mahalla” loyihasi doirasida mahallalarga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiy xodim biriktiriladi. Bunda “mahalla yettiligi” a’zolari o‘rmonchi-murabbiy tomonidan har ekish mavsumi boshlanishidan oldin bir marotaba qisqa o‘quv kurslarida o‘qitiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda mahallalarning “yashil reytingi”ni joriy etish taklif etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bunda yashil maydonlar ulushi, aholi soniga nisbatan daraxtlar soni, yangi ko‘chatlarning tutib ketishi va aholining ishtiroki asosiy mezonlar bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing