Sirdaryoda universitet va maktablarda dars qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatidagi mavjud maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun 13 yanvardan, boshlang‘ich sinf va bog‘chalarda esa 16 yanvardan dars hamda mashg‘ulotlar boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 11 yanvardan oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylarda esa o‘qish bosqichma-bosqich boshlandi. Bunda boshqa viloyatlar yoki chekka hududlardan kelib o‘qiydigan o‘quvchi va talabalarga sharoit yaratilishi, darslarni onlayn tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugundan boshlab Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma-bosqich o‘quv  jarayonlari boshlanishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi maktablarda ham bugun, ya’ni 11 yanvardan ta’lim jarayonlari tiklanishi ma’lum qilingandi. 

Bundan tashqari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi esa joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi. 

Gidrometeorologiya xizmati markazi esa mamlakatda anomal sovuq hafta oxirigacha davom etishini aytmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

OTM maktab universitet dars

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing