Shofirkonda bir oilaning 7 a’zosida koronovirus aniqlangan. Tumanga kirib-chiqish to‘xtatildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining Shofirkon tumani "qizil" hududga kiritildi va kecha, 28 maydan ushbu hududga kirib-chiqish to‘xtatildi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 may kuni Shofirkon tumanida bitta oilaga mansub 7 nafar fuqaroda koronovirus infeksiyasi aniqlangandi. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlardan dastlabki test namunalari olinmoqda.

Hozirda tuman hududida shaxsiy transportda harakatlanish cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlar toifasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, Toshkent viloyatidagi “qizil“, “sariq“ va “yashil“ hududlarning yangi ro‘yxati e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing