Shavkat Mirziyoyev G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

"24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Moskvadagi G‘alaba paradi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi. Shu sabab parad 24 iyun kuni o‘tkazilish belgilandi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston, Serbiya Prezidentlari hamda qisman tan olingan Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlari ham G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Ammo Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatidagi epidemiologik vaziyat tufayli Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga bora olmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham Moskvaga bora olmasligini bildirdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing