Samarqanddagi universitetda plita talabalar ustiga qulagani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Samarqand Davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining faollar zalidagi beton plita qulab tushishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand Davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan SamDU matbuot xizmatining rasmiy munosabatida jabrlanganlar soni ikki nafar ekani aytilgan edi. Lekin keyinchalik ularning soni 6 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Kattaqo'rg'on jinoyat ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing