Samarqandda talabalarning ustiga beton plita qulab tushdi
O‘zbekiston
−
04 Sentyabr 2023 63022 1 daqiqa
Samarqand Davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, binoning beton plitasi talabalar ustiga qulab tushgan. Voqea bugun, 4 sentyabr kuni ertalab yangi talabalar uchun o‘tkazilgan yig‘in paytida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni ko‘p bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr