SamDU filialidagi favqulodda holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Samarqand Davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan universitet matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi

Unga ko‘ra, bugun, 4 sentyabr kuni soat 09:28 da universitet binosining faollar zali tomidan, sahna qismining o‘ng burchagidan 1 dona plita talabalar va o‘qituvchi bo‘lmagan joyga tushib ketgan. Oqibatda 2 nafar 1-kurs talabasiga plita bo‘laklari tegib, yengil tan jarohati olgan. 

“Ushbu talabalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning umumiy ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qilamiz. Shuning uchun asossiz ma’lumotlar tarqatish va jamoatchilikda xavotir uyg‘otish maqsadga muvofiq emas”, deyiladi universitet bayonotida. 

Ma’lumot uchun, Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasi 27-uyda joylashgan mazkur o‘quv maskani Samarqand davlat instituti akademik litseyi binosi uchun qurilgan bo‘lib, 2008 yilda foydalanishga topshirilgan. Binodan 2008-2018 yillarda Samarqand Davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litsey, 2019-2021 yillar davomida Kattaqo‘rg‘on shahar 7-maktabi sifatida foydalanilgan. 

2021 yilda esa Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etilishi munosabati bilan mazkur bino filial balansiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi munosabatida ham aynan, “talabalar yengil turdagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi”, deyilgan edi. Biroq QALAMPIR.UZ'ning mazkur voqeaga yaqin manbalari jabrlanganlar ikki nafardan ko‘p bo‘lishi mumkinligi, holat yuz bergan hududdagi qon dog‘lari ham jarohatlar jiddiyligidan dalolat berishini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Samarqand Kattaqo'rg'on beton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing