Samarqandda 8-sinf öquvçisi YTH oqibatida halok böldi

3-sahifa

−

image

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan bola boşqaruvidagi “Lacetti” avtomobili tut daraxtiga urilişi oqibatida 8-sinf öquvçisi halok böldi. Bu haqda Samarqand viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, yöl-transport hodisasi joriy yilning 13 noyabr kuni soat 01:30 larda Toyloq tumani “Baxşitepa” mahallasi hududidan ötuvçi 30V-036-sonli avtomobil yölining 3-kilometrida sodir bölgan.

Voyaga yetmagan haydovçi “Lacetti-2” rusumli avtomobilni Baxşitepa–Toyloq yönalişida boşqarib borayotib, rul boşqaruvini yöqotgan va yöl çetidagi tut daraxtiga borib urilgan. Oqibatda avtomobil yölovçilaridan biri – 15-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf öquvçisi olgan tan jarohatlari sabab şifoxonada vafot etgan. Maşinada bölgan qolgan tört nafar öquvçining ahvoli yaxşi bölgani uçun ular şifoxonadan uyiga javob berilgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Toyloq tumani Içki işlar bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Çilonzor tumanida Nexia-3 yöl çetidagi daraxtga urilib, bölinib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing