Samarqand sammiti boshlandi (foto)

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni Samarqanddagi Kongress markazida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boshlandi.

Sammitda qatnashish uchun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov  Kongress markaziga yetib keldi.

Ularni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Kutib olish marosimi va qo‘shma fotosuratdan so‘ng delegatsiyalar rahbarlari sammitda ishtirok etish uchun zalga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi sammitda qatnashish uchun Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgandi. Mirziyoyev 2 aprel kuni kechqurun Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan, kecha, 3 aprelda esa Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Yevropa muzokaralari yakunida birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mirziyoyev, Koshta va fon der Lyayen Samarqand shahridagi Kongress markazi xiyobonida ikki tup eman ekdi. Yetakchilar Samarqand Xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida ham bo‘ldi.

Kecha, 3 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Samarqandga keldi. Prezident Mirziyoyev ular bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Samarqand sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing