Ruhoniy: “AQSH Eronga yordam bermoqchi bo‘lsa, sanksiyalarni bekor qilsin”

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, agar rasmiy Vashington Eronga koronavirusga qarshi kurashda yordam bermoqchi bo‘lsa, sanksiyalarni bekor qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar berdi.

"Amerika rahbarlari yolg‘on gapirishmoqda. Agar ular Eronga yordam bermoqchi bo‘lsalar, sanksiyalarni bekor qilishlari kerak. Shunda biz koronavirus pandemiyasini yengishimiz mumkin", deydi Ruhoniy.

Vashington uzoq vaqtdan beri Eronga gumanitar yordam taklif qilmoqda. Ammo kecha, 22 mart kuni mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy bu taklifni rad etdi.

AQSHning ta’kidlashicha, virusning tarqalishi Eronni sanksiyalardan qutqarmaydi.

"Siz Eronning neft eksportiga to‘sqinlik qildingiz, Eronning bank operatsiyalarini to‘xtatdingiz. Sizning bizga yordam berish to‘g‘risidagi gapingiz tarixdagi eng katta yolg‘on bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Ruhoniy.

Eslatib o‘tamiz, Eron hukumati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan koronavirusga qarshi kurashishda yordam so‘ragani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yubordi.

Ma’lumot uchun, Eronda 23 049 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 1 812 nafari vafot etdi, 8 376 nafari esa bu kasallikdan tuzaldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Eron Sanktsiyalar Gumanitar yordam

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing