Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi fuqarolikni rasmiylashtirishni vaqtinchalik to‘xtatdi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2023
7748Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi fuqarolik olish uchun arizalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 oktyabrdan boshlab “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi yangi qonun kuchga kirgan.
"Fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni qabul qilish (fuqarolikning mavjudligi/yo‘qligi to‘g‘risida so‘rovlar bundan mustasno) Fuqarolik masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilingunga qadar to‘xtatiladi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, rossiyalik deputat Mixail Delyagin o‘zbekistonlik migrantlarning farzandlari uchun Rossiyada bog‘cha va maktablar tashkil etish tashabbusini mamlakat qonunlariga mos kelmasligini aytib chiqqan hamda O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Rossiyadan olib ketishi kerakligini "taklif" qilgandi.
Shundan so‘ng, Delyaginning O‘zbekistondagi mavqedoshlari qatori “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov ham bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Bundan tashqari, Rossiya Davlat Dumasining milliy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Gennadiy Semigin mamlakatga radikal islomiylikni targ‘ib qiluvchi muhojirlar anklavlari va noqonuniy ibodatxonalar tahdid solayotganini aytib, bunga politsiyaning migrantlarga “yumshoqqo‘l”ligini sabab qilib ko‘rsatgan edi.
LiveBarchasi