Rossiyadagi temiryo‘l vokzaliga dron qulashi oqibatida 5 kishi jarohatlandi
Olam
−
20 avgust 2023
9389Rossiyaning Kursk viloyatidagi temiryo‘l vokzaliga dron quladi. Oqibatda besh kishi jarohat oldi. Bu haqda viloyat gubernatori Roman Starovoit o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Ukraina uchuvchisiz samolyoti Kurskda hujum qildi”, deb yozgan Starovoit.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, dron vokzal binosi tomiga qulagan va tomda yong‘in chiqqan.
Besh kishi shisha bo‘laklari tushishi oqibatida yaralangan.
Qayd etilishicha, hozirda voqea joyida barcha tezkor xizmatlar ishlamoqda. Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Temiryo‘l stansiyasi Kurskning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, Ukraina bilan chegaragacha bo‘lgan masofa taxminan 150 km.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni soat 04:00 atrofida uchuvchisiz samolyot yordamida Moskva shahri va viloyatida joylashgan ob’ektlarga qarshi dron hujumi uyushtirilgandi. Bundan tashqari, 1, 6, 9, 10, 11 avgust kunlari ham uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujumlar uyushtirilgandi.
LiveBarchasi