Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020
4504Bugun, 28 dekabr kuni Rossiyaning Ufa shahridan og‘ir ahvolda qolgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining turli hududlarida murakkab moliyaviy-ijtimoiy holatga tushib qolgan ko‘plab fuqarolarimiz charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinmoqda.
Avvalroq, Sankt-Peterburgdan ham 9 nafar og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik olib kelingani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, bundan buyon Rossiyada ishlash niyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanishi talab qilinadi.
LiveBarchasi