Rossiyada koronavirus vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi
Olam
−
15 avgust 2020 15179 1 daqiqa
Bugun, 16 avgust kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.
N.F. Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlandi.
Avvalroq, N.F. Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusdan ruslarni keng ko‘lamli emlash jarayoni dekabr yoki yanvar oylarida boshlanishi mumkinligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 avgust kuni koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida xabar berdi. Bu vaksina 2021 yil 1 yanvarda muomalaga kiradi, deb taxmin qilinmoqda. Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina biror tanaga yuborilgandan keyin o‘z kuchini ikki yilgacha saqlab qoladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025