Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi
Olam
−
20 fevral 2021
3692Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakatda koronavirusga qarshi uchinchi milliy vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qildi. Preparat Chumakov nomidagi markazda tayyorlangan.
“Bugun biz Chumakov markazi tomonidan ishlab chiqilgan uchinchi “KoviVak” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tganini qayd etamiz. Mart oyining o‘rtalarida dastlabki 120 ming doza vaksina muomalaga chiqariladi”, degan Mishustin vaksinalar bo‘yicha yig‘ilishda.
U Rossiya koronavirusga qarshi uchta vaksinasi bor yagona davlat ekanini ta’kidlagan.
RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga ko‘ra, vaksina ko‘ngillilarda o‘tkazilgan sinovlarda xavfsiz va samarali ekanini ko‘rsatgan.
Ma’lum qilinishicha, vaksina rshyxatdan o‘tkazilgach, uning uchinchi bosqich klinik sinovi boshlanadi. Unda 3 ming kishi qatnashadi. Shu bilan birga, preparat fuqaro muomalasiga ham chiqariladi.
Chumakov nomidagi markaz vaksinasi dunyodagi boshqa preparatlardan farqli o‘laroq butun virusli vaksina hisoblanadi. Ya’ni unda o‘ldirilgan butun Sars-Cov-2 virusi bor. Shunday vaksina Xitoyda ham tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiyada “Sputnik V” va “EpiVakKorona” vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilib, fuqarolarni emlashda foydalanilayotgandi.
LiveBarchasi