O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi bilan emlanadiganlar soni ko‘paytirildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2021
4110O‘zbekistonda Xitoyning Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining uchinchi bosqich sinovi doirasida emlanadiganlar soni ko‘paytirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Vaksina sinovida dastlab belgilanganidek 5 ming nafar ko‘ngilli emas, 9 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etadi.
“Tadqiqot ko‘lamining kengaytirilishiga sabab, birinchidan, tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligidadir. Ikkinchidan, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani bois, koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning ta’siri organizmga virus ta’sir qilganda aniqlanadi”, deyilad vazirlik xabarida.
O‘z navbatida, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilarning yarmi vaksina emas, platsebo olayotganini ham eslatib o‘tilgan.
30 yanvar holatiga O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksina sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar - 12105 nafarni tashkil etdi. Ulardan 5291 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 790 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 yanvar kuni O‘zbekistonga koronavirusning "britancha" shtammi kirib keldi. Virus oilasi bilan Dubayda bo‘lib qaytgan 10 yoshli qizda aniqlandi.
LiveBarchasi