Turkiya Xitoy vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi
Olam
−
13 yanvar 2021
3084Bugun, 13 yanvar kuni Turkiya Farmatsevtika va tibbiyot uskunalari agentligi Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi CoronaVac vaksinasidan faqulodda foydalanishga ruxsat beridi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Turkiyada birinchilardan bo‘lib Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja koronavirusga qarshi emlandi.
“Men barcha, albatta, emlanishi kerakligini ta’kidlamoqchiman. Avvalgi hayotimizga qaytish uchun vaksina olishimiz kerak”, degan Koja emlanganidan so‘ng.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Turkiyada 2 346 285 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 23 152 nafari vafot etgan va 2 218 464 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi