O‘zbekistonda emlanishdan bosh tortganlar bilan qanday yo‘l tutiladi?
Jamiyat
−
23 fevral 2021
27630Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hukumat vakillari deputatlarga aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari qanday tashkil qilinayotgani to‘g‘risida axborot bergani xabar qilingandi.
Qonunchilik palatasi yig‘ilishida birinchi navbatda va ixtiyoriylik asosida emlanadigan shaxslar, vaksinatsiya jarayonidan o‘tishni istamasa ularga nisbatan chora ko‘rilishi mumkinmi degan savolga Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev javob berdi.
“Ixtiyoriy emlanishdan bosh tortadigan bo‘lsa, ularga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Emlanish ixtiyoriy bo‘lgandan keyin, undan voz kechilsa, faqatgina emlashning afzalligi tushuntiriladi. Lekin emlanish niyatida bo‘lmagan odamga ish faoliyatida, mehnat faoliyatida hech qanday ta’sir choralari ko‘rilmaydi”, dedi Musayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina aholining xavf guruhiga kiruvchi qatlamiga berilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu ro‘yxatga nuroniylar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bor fuqarolar, huquqni muhofaza qilish organ xodimlari, MTM va maktablar o‘qituvchilari kirgan.
LiveBarchasi