Vaksina sinovlari yakunlanmaguncha O‘zbekiston uni sotib ololmaydi – SSV

Jamiyat

Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani O‘zbekistondagi bemorlarda ishlatishga hali erta. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova shunday fikr bildirdi.

“Hozirgi kunda Prezidentimiz topshiriqlariga binoan, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisini emlashni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganib chiqish maqsadida yetakchi olimlar va tajribali shifokorlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan. COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarining barcha bosqichi yakunlanmagunicha mamlakat uni sotib ololmaydi” dedi Barno Abdusamatova.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vaksina sinovlarining barcha bosqichlari o‘tganidan keyingina xalqaro sertifikatlashtirish amalga oshiriladi. U qaysi davlat yoki laboratoriya bo‘ladi, bu hozircha noma’lum. Koronovirusga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalarni har tomonlama o‘rganib, O‘zbekistonda ishlatish bo‘yicha ishchi guruh xulosa bersa vaksinani olib kelish, ishlatish tartiblari va muddatlari belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Uning sinovida Prezident Putinning qizi ham ishtirok etdi. Ushbu vaksinaga 20 davlatdan 1 mlrd doza uchun buyurtma tushgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing