Rossiya va Ukraina ikki marta asirlarni almashdi

Olam

image

Gumanitar yo‘lak ochilgandan beri Rossiya va Ukraina ikki marta mahbuslarni almashtirishni amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Rossiya Mudofaa vazirligi har kuni gumanitar yo‘laklarni tashkil qilyapti va tinch aholini Ukrainadan evakuatsiya qilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya va Ukraina o‘rtasida ikki marta asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi”, deydi Zaxarova.

Uning qayd etishicha, Kiyev aholini Rossiyaga evakuatsiya qilishni taqiqlab, ularni G‘arbga haydayapti. 

“Aslida, Kiyev hukumati mamlakatimizga evakuatsiya qilishni taqiqlab, qochqinlarni g‘arbga majburlab haydayapti. Ularning ko‘pchiligi hanuzgacha Rossiyaga, o‘z qarindoshlarining oldiga borishga harakat qilmoqda, ammo bu yerda Yevropa Ittifoqi davlatlari, birinchi navbatda, Polsha ularga ruxsat bermayapti. Buning uchun odamlar avval Kiyevda, keyin esa Bryusselda garovga olinadi”, deydi Rossiya TIV rasmiy vakili.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari Matbuot kotibi Darya Zarivna 17 mart kuni Kiyev 2002-2003 yillarda tug‘ilgan to‘qqiz nafar rossiyalik harbiy xizmatchini rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘lga olingan Melitopol meri Ivan Fedorovga almashtirganini ma’lum qildi. 

Rossiya Ombudsmani Tatyana Moskalkova bu ma’lumotni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan buyon mamlakat tark etayotganlar bir oy o‘tib 3,5 millionga yetdi. 

Hisobotga ko‘ra, 3 million 557 ming 245 nafar ukrainalik qo‘shni davlatlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi Polshaga ketgan.

Shunday qilib, 2 113 554 ukrainaliklar Polsha, 543 308 Ruminiya, 367 913 Moldova, 317 863 Vengriya, 253 592 Slovakiya, 252 376 Rossiya va 4308 boshqa Yevropa davlatlariga va Belarusga qochgan. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing