Rossiya va Ukraina 103 nafar asirni almashdi

Olam

image

Mamlakatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida 103 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Ukraina asirligidan Rossiyaga va shuncha asir Rossiyadan Ukrainaga qaytarilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Joriy yilning 14 sentyabr kuni Kiyev rejimi nazorati ostidagi hudud bilan muzokaralar jarayoni natijasida Kursk viloyatida asirlikka olingan 103 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarildi. Buning evaziga 103 harbiy asir Ukrainaga topshirildi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarni asirlikdan qaytarishda Birlashgan Arab Amirliklari gumanitar xarakterdagi vositachilik rolini o‘ynaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda barcha rus harbiy xizmatchilari Belarus hududida. U yerda harbiylarga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 sentyabr kuni Rossiya va Ukraina "49 ga 49" formatida asirlikdagi harbiy xizmatchi va tinch aholini almashgani xabar qilingandi. O‘tgan oyda ham Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida olib borilgan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Ukraina 115 mahbusni almashishni amalga oshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina asir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing