Rossiya Odessaga dron hujumi uyushtirishi oqibatida tinch aholi halok bo‘ldi
Olam
−
10 iyun 2023
6314Bugun, 10 iyun kuni erta tongda Qora dengiz bo‘yidagi Odessa shahriga Rossiya uchuvchisiz samolyoti hujumi oqibatida ko‘p qavatli uyga dron parchalari tushib, yong‘in kelib chiqqanidan keyin uch nafar tinch aholi halok bo‘ldi.
Ukrainaning janubiy harbiy qo‘mondonligi vakilining aytishicha, Odessa viloyatidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari bir kecha-kunduzda uyushtirilgan havo hujumlarida sakkizta “Shahed” uchuvchisiz samolyot va ikkita raketani urib tushirgan. Oxirgi havo jangi oqibatida dronlardan birining qoldiqlari ko‘p qavatli uy ustiga tushib, yong‘inga sabab bo‘lgan.
Favqulodda xizmatlar 27 kishi, jumladan, 3 nafar bola tan jarohati olganini, biroq yong‘in tezda o‘chirilgani va binodan 12 kishi qutqarib olinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Ukraina Rossiya tomonidan amalga oshirilgan tungi hujumlarda Eronda ishlab chiqarilgan 36 ta dronning barchasini urib tushirganini e’lon qilgandi. 26 mayda esa Kiyev Rossiya tomonidan uchirilgan 10 ta raketa va 20 dan ortiq uchuvchisiz samolyotlarni urib tushirganini ma’lum qildi. 28 mayda Rossiya qo‘shinlari Eronning 54 ta Shahed-136/131 uchuvchisiz samolyotlari bilan shimoliy yo‘nalishda – Bryansk viloyati va janubiy yo‘nalishda – Krasnodar o‘lkasidan Ukrainaga hujum qildi. 1 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyev shahriga o‘nta “Iskander” raketasini uchirdi. Ularning barchasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilindi. 6 iyunga o‘tar kechasi Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya qo‘shinlari Kiyevga uchirgan 20 ta nishonni yo‘q qildi.
LiveBarchasi