Rossiya Qirg‘izistonga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi

Olam

image

Rossiya Qirg‘iziston Respublikasiga har qanday moliyaviy ko‘mak o‘'rsatishni to‘xtatadi. Bu cheklov mamlakatdagi siyosiy vaziyat barqarorlashguncha va hokimiyat faoliyati tiklanmaguncha davom etadi. Bu haqda RBK Moliya vazirligidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

“Qirg‘iziston Respublikasidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, moliyaviy yordam berish mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashguncha va hokimiyat organlari faoliyati tiklanmaguncha to‘xtatib qo‘yilgan”, deya ma’lum qilgan manba.

RF Moliya vazirligi nashrinng so‘roviga javob bermagan.

So‘nggi marta 2019 yilda Qirg‘izistonga davlat moliyaviy yordami haqida xabar berilgan edi: o‘shanda Rossiya 30 million dollar beg‘araz yordam ko‘rsatgan. 2005 yildan boshlab Rossiya Qirg‘izistonning 700 million dollardan ortiq qarzlaridan ham voz kechgan (2018 yil fevral oyida qarz butunlay o‘chirilgan). 2012 yildan beri Moskva Bishkekka 250 million dollardan ziyod grantlar taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi. 

Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.

Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar bo‘yicha bayonot berib, ba’zi siyosiy kuchlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga uringanini aytib o‘tdi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Hozirgacha Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi. Keyinroq parlamentga Kanat Isayev spiker etib saylandi.

O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘izistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy tashvishda ekanini bildirdi.

Jeenbekov vaziyatni izga solish uchun 9 oktyabr kuni Bishkekda favqulodda holat e’lon qildi. Keyinroq bu rejim yana uzaytirildi. Harbiylarning Bishkekka kirishi natijasida namoyishlar va talonchiliklar to‘xtadi. Ammo siyosiy vaziyat to‘laligicha iziga tushgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Qirg'iziston Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made