Qirg‘iziston Rossiyaning taklifiga rad javobi berdi

Olam

image

Rossiya Qirg‘izistonni Qirg‘iziston hududida BSL-3 darajadagi biologik laboratoriya qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi, biroq qirg‘iz tomoni loyihaga qarshi chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kabar”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, biologik laboratoriya yaratish loyihasi 14 aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik bo‘yicha Qirg‘iziston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishida muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirliklari sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni, jumladan, tibbiyot, fan va ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish orqali rivojlantirishni davom ettirishga kelishib olgan.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha Rossiya tashabbuslari doirasida yuqumli kasalliklarni birgalikda o‘rganio‘, oldini olish va ularga javob berish masalalari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Qirg'iziston

Baholaganlar

3349

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing