Bishkek Putindan Rossiya aviabazasining yubileyida qatnashishini kutmoqda

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 12 oktyabr kuni respublikaga tashrifi chog‘ida Kant shahrida (Chuy viloyati) Rossiya aviabazasi ochilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishini kutmoqda. Bu haqda Bishkekda Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyev ma’lum qildi. 

“Bo‘lajak tashrif doirasida davlat rahbari [Sadir Japarov] va Prezident Vladimir Putin o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mamlakatlar rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shuningdek, uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Bundan tashqari, davlat rahbarlarining Kant shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti aviabazasi ochilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan”, deydi u. 

Bu sana Rossiya tomonidan rasman e’lon qilinmagan. 13 oktyabr kuni Bishkekda MDH sammiti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putinning Qirg‘izistonga tashrifi munosabati bilan Bishkekdagi Plaza Hotel ma’muriyati 23 nafar sayyohning avval tasdiqlangan bronlarini bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin Rossiya-Qirg'iziston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing