Rossiya bosqinining beshinchi kuni: kecha Ukrainada nimalar bo‘ldi? (fotoreportaj)

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga bosqinining beshinchi kuni — 28 fevralda Xarkovning o‘qqa tutilishi natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilgan. 

Люди na вокзале Львоva садятся na поезд в Польshu, 28 февраля 2022 годаUkraina poytaxti Kiyevda komendantlik soati kuchaytirilganidan keyin oziq-ovqat do‘konlari qayta ochilgan va jamoat transporti ishlay boshlagan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 500 mingdan ortiq aholisi allaqachon mamlakatni tark etgan. 

Shuningdek, o‘tgan kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlari havo kuchlari dushmanning 5 ta qiruvchi samolyotini, zirhli texnika kolonnalarini, yoqilg‘i kolonnasini, havo hujumidan mudofaa tizimini, vertolyotni yo‘q qilgan va qanotli raketani urib tushirgan. 

Qayd etilishicha, Rossiya qo‘shinlari havo zarbalari, zenit-raketa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarining hujumchi dronlaridan katta talofat ko‘rgan.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 28 fevral kuni Belarusning Gomel shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, tomonlar yana uchrashishga kelishib oldi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

201

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing