Rossiya bilan chegarani ochmaymiz – Finlyandiya
Olam
−
04 fevral 2024 8198 1 daqiqa
Kecha, 3 fevral kuni Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpo Rossiya chegarasida o‘tish punktlarini ochishni rejalashtirmaganliklarini aytdi. U bu haqda YLe telekanalidagi dasturlardan birida qilgan chiqishida ma’lum qildi.
Rossiya hududidagi minglab qochqinlar chegaraning sharqida kutib turganini va maqsadi Finlyandiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirish ekanligini iddao qilgan Orpo, chegara ochilmasligini qat’iy ta’kidladi.
"Chegarani yopish qarorimizni bekor qila olmasligimiz aniq", degan Bosh vazir.
Finlyandiya 2023 yilning 9 noyabridan boshlab qochqinlarning nazoratsiz oqimi tufayli Rossiyadan kirishga cheklovlar joriy qila boshladi. Bu qarorga asos sifatida Helsinki Rossiyani qochqinlarni chegaraga ataylab jo‘natganlikda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya hukumati qarori bilan Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradagi barcha avtomobil nazorat punktlari 2023 yil 30 noyabrdan 14 dekabrgacha yopilgan edi. Shundan so‘ng ikkita nazorat-o‘tkazish punktigina ochildi, biroq uchinchi davlatlardan muhojirlarning qayta oqimi tufayli chegara yana 2023 yil 15 dekabrdan 2024 yil 11 fevralgacha yopilgani ma’lum qilindi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025