Finlyandiya Rossiya bilan chegarasidagi ikkita nazorat punktini ochdi

Olam

image

Finlyandiya bilan chegarada ikkita ko‘p tomonlama yo‘l nazorat-o‘tkazish punkti qayta ish boshladi. Bu haqda bugun, 14 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi shimoli-g‘arbiy bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.

“Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Finlyandiya tomoni ishdagi cheklovlarni bekor qildi va Vaalimaa (Torfyanovka) va Niirala (Vyartsilya) nazorat punktlari orqali yo‘lovchi va yuk tashishni ochdi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, yarim tundan ertalab soat 8 ga qadar Torfyanovka orqali ikki yo‘nalishda 24 ta yuk mashinasi, 190 ta yengil avtomobil, 3 ta avtobus va 348 ta jismoniy shaxs o‘tdi. 

“Torfyanovka” kecha-yu kunduz, “Vyartsilya” esa soat 09:00 dan 21:00 gacha ishlaydi”, deyiladi boshqarma xabarida.

O‘z navbatida, Finlyandiya Ichki ishlar vaziri Mari Rantanen Vaalimaa va Niirala chegara o‘tish punktlarini ochish to‘g‘risidagi qaror 14 yanvargacha amal qilishini aytdi.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Finlyandiya chegarasida jami to‘qqizta nazorat punkti mavjud.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Finlyandiya Bosh vaziri Petteri Orpo 30 noyabrdan 13 dekabrgacha respublika Rossiya bilan chegaradagi barcha o‘tish punktlarini yopishini ma’lum qilgandi. Finlyandiya tomonining harakatlari Moskvaning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko bunday qarorni mantiqsiz deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing