Finlyandiya Rossiya bilan chegarani yana yopdi
Olam
−
16 dekabr 2023
4012Finlyandiya Rossiyani odatda RF xavfsizlik xizmati tomonidan qattiq qo‘riqlanadigan chegara hududiga migrantlarni olib kirishda aybladi. Buni Finlyandiyaning “HS“ nashri o‘z manbalariga tayanib, xabar qildi.
Finlyandiya hujjatsiz muhojirlarning katta oqimi tufayli Rossiya bilan barcha o‘tish joylarini yana yopayotganini e’lon qildi. Payshanba kuni parlamentda Ichki ishlar vaziri Mari Rantanen “bu hodisa yana takrorlandi va biz butun chegarani yopamiz”, degan.
Xelsinki Kremlni muhojirlardan Finlyandiyani beqarorlashtirishga qaratilgan “gibrid urush” uchun foydalanishda aybladi.
Ma’lumot uchun, Finlyandiya-Rossiya chegarasi 1340 kilometrdan ko‘proqqa cho‘zilgan va Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan quruqlikdagi eng uzun chegarasi hisoblanadi.
Mamlakat prezidenti Sauli Niinistyoning ta’kidlashicha, Rossiya rasmiylari respublikaning NATOga a’zo bo‘lish va AQSH bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish qaroriga javoban chegarada inqiroz yaratishga harakat qilmoqda. O‘z navbatida, Kreml Finlyandiya noto‘g‘ri yo‘l va “rusofobiya” ni tanlaganini aytdi.
Punktlarning yopilishi Xelsinki janubi-sharqidagi ikkita o‘tish punktining qayta ochilishi fonida sodir bo‘lgan.
Birgina noyabr oyida 900 dan ortiq muhojir Finlyandiya chegara postlariga tegishli vizasiz va tegishli hujjatlarsiz kelgan. Rasmiylarning aytishicha, ularning katta qismi Suriya, Somali va yamanliklardir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya Rossiya bilan chegarasidagi ikkita nazorat punktini ochgandi.
LiveBarchasi