Rossiya, AQSH, Fransiya Armanistonga qurol yetkazib beryapti – Erdo‘g‘an
Jamiyat
−
19 Oktabr 2020
12209Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 18 oktyabr kuni Rossiya, AQSH va Fransiya Armanistonga qurol yetkazib berayotgani haqida bayonot berdi.
"Ular biz ozar birodarlarimizni qo‘llab-quvvatlayotganimiz haqida nimalar deyishyapti, buni bilasiz. Xo‘sh, Minsk uchligi, AQSH, Rossiya, Fransiya nima deyapti? Ular Armanistonni qo‘llab-quvvatlayapti. Ular Armanistonga qurol shaklida har qanday yordamni ko‘rsatishyapti", deydi Turkiya Prezidenti.
Bugungacha Misnk uchligi, xususan Fransiya Turkiyani Ozarbayjonga qurol yetkazib berish, Suriyadagi terrorchilarni Armanistonga kiritishda ayblab kelmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi qurolli to‘vnashuvlar boshlanmasidan avval esa Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya Armanistonga qurol-yaroq yetkazib berayotgani xususida arz qilgandi.
Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.
Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.
Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.
Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi.
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi.
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar.
LiveBarchasi
26 noyabr