Rossiya AQSH askarlari o‘limiga aloqadorligi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Olam

image

“New York Times” Rossiya Afg‘onistondagi AQSH askarlarini o‘ldirishi uchun “Tolibon” harakatiga mukofot bergani bo‘yicha navbatdagi maqolasini e’lon qildi.

Unda nashr uchta manbaga asoslanib, amerikalik rasmiylar qo‘liga rossiyalik harbiy razvedkachilarga tegishli bo‘lgani iddao qilinayotgan hisobdan toliblarga tegishli ekani taxmin qilinayotgan hisobga pul o‘tkazmasi amalga oshirilgani haqida elektron ma’lumotlar kelib tushgan.Ushbu fakt Rossiya AQSH askarlari o‘limi uchun jangarilarga mukofot va’da qilganiga isbot bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mutaxasislar boshqa razvedka ma’lumotlariga tayanib, bu pul o‘tkazmalari mukofotlash dasturining bir qismi bo‘lgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu operatsiyaga aloqador afg‘onlarning ismi ham aniqlangan. Shuningdek, Rossiya bergan mablag‘larni jangarilar o‘rtasida taqsimlagan vositachi kimligiga ham oydinlik kiritilgan. U hozir ham Rossiyada bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi olti oyda Afg‘onistonda rus razvedkachilari va toliblar o‘rtasida vositachilik qilishda gumonlangan bir qancha ishbilarmonlar qo‘lga olingan. Ulardan birining uyida yarim million dollar pul topilgan.

Avvalroq, “New York Times” anonim manbaga asoslanib, RFning harbiy razvedkasi Afg‘onistondagi xalqaro koalitsiya tarkibidagi AQSH askarlarini o‘ldirishi uchun “Tolibon”ga mukofot va’da qilgani haqida xabar e’lon qilgandi. Unda Tramp bu hujumdan bir necha oy avval ogohlantirilgani aytilgandi.

Hujum haqidagi xabarni Oq uy rasmiylari, Prezident Donald Tramp hamda AQSH razvedkasi rad qildi. Rossiya tomoni ham bu yolg‘on axborot ekanini aytdi.

“Tolibon” esa bunga munosabat bildirib, harakat 19 yillik kurashi davomida hech bir davlatning razvedka tashkiloti oldida majburiyati bo‘lmaganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Tolibon

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing