Rossiyaliklar qachon koronavirusga qarshi ommaviy emlanishi aytildi

Olam

image
Rossiya Federatsiyasi aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash joriy yilning noyabr oyi oxiridan boshlanishi mumkin. Bu haqda vaksina ishlab chiqaruvchi "R-Farm" kompaniyasi Bosh direktori Vasiliy Ignatiyev ma’lumot bergan.
"Hozirda "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqarish salmog‘ini oshirish maqsadida beshta maydoncha ishtirok etmoqda. Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu juda katta miqdor. Shu munosabat bilan noyabr oyi oxiridan ommaviy emlash boshlanishi mumkin", degan Ignatiyev.
 
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgan.
14 oktyabr kuni esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "EpiVakKoron" deb nomlangan ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini aytdi. U Novosibirskning "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqarilgan
 
Biroz vaqt o‘tib, Rossiyaning koronavirusga qarshi uchinchi vaksinasi klinik sinovlari natijalari joriy yilning dekabr oyi o‘rtalarida tayyor bo‘lishi haqida ma’lumot berildi.
 
Ma’lumot uchun, Rossiyada SOVID-19 bilan 1,43 milliondan ko‘p odam zararlangan. 24 ming 635 kishi virus qurboni bo‘lgan. 
 
Pandemiya boshlanganidan beri butun dunyo bo‘ylab esa 40 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. 1,12 milliondan ziyod bemor vafot etgan.

Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

632

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing