Ramzan Qodirovning elita polki Ukrainada yakson qilingani aytilmoqda
Olam
−
27 fevral 2022
98368Kiyev yaqinidagi Gostomelda Ukraina Qurolli Kuchlari va Xavfsizlik xizmati maxsus kuchlari Rossiya gvardiyasining elita chechen maxsus kuchlari kolonnasini mag‘lub etdi. Bu haqda TSN o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Kiyev chekkasida joylashgan chechenlar artilleriyadan o‘qqa tutilgan. Hududni dushmandan keyingi tozalash Ukraina xavfsizlik xizmatining “Alfa” maxsus kuchlar bo‘linmasi va hududiy mudofaa jangchilari tomonidan amalga oshirilgan.
Nashrning yozishicha, bo‘linmaning yakson qilish vaqtida Rossiya gvardiyasining Checheniston bo‘linmasining 141-motorlashtirilgan polki qo‘mondoni general Magomed Tushayev yo‘q qilingan.
Ukrainada rossiyalik harbiy o‘ldirilganini birinchilardan tan olgan rasmiy Dog‘iston rahbari Sergey Melikov bo‘ldi. U rossiyalik mansabdor ofitser Nurmagomed Gajimagomedovning Ukraina hududida vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Rossiya OAVning yozishicha, Checheniston Respublikasi Axborot vaziri Axmed Dudayev Milliy gvardiyaning A.Qodirov nomidagi 141-maxsus motorlashtirilgan polki komandiri Magomad Tushayev tirik ekanligini da’vo qilmoqda. U buning isboti sifatida undan kelgani aytilgan audio yozuvni e’lon qilgan. Audioda o‘zini Magomad Tushayev deb tanishtirgan erkak o‘lmaganini aytadi va ertaga video dalillarni e’lon qilishga va’da bergan.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham o‘zining Telegram-kanalida Tushayevning o‘limini rad etgan.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniyda 10 ming chechen harbiylari maxsus harbiy operatsiyada qatnashish uchun Ukrainaga jo‘nashga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi