Ramzan Qodirov o‘z bo‘linmalarini Falastinga yuborishga tayyor ekanligini aytdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram’dagi o‘z sahifasida Isroil bilan mojaroda Falastinni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Qodirov o‘z postida nazorati ostidagi bo‘linmalar “tinchlikparvar kuchlar” sifatida ishlashga tayyor ekanini bildirgan.

"Xalqaro hamjamiyatdan bir ovozdan Falastindagi vaziyat bo‘yicha adolatli qaror qabul qilishlarini so‘rayman. Men musulmon davlatlari rahbarlariga murojaat qilaman: koalitsiya tuzing va Yevropadami yoki G‘arbda, do‘st deb hisoblayotganlaringizga ayting – ular jangarilarni yo‘q qilish bahonasida tinch aholini bombardimon qilmasin”, deb yozgan Qodirov.

Ramzan Qodirov, shuningdek, Checheniston bo‘linmalari tartibni tiklash va har qanday tartibsizliklarga qarshi turish uchun tinchlikparvar kuchlar sifatida harakat qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

“Men urushni ham, vaziyatni keskinlashtirishning har qanday shaklini ham to‘xtatishga chaqiraman”, degan u.

Rossiya rasmiy hokimiyati esa Isroil-Falastin mojarosi fonida neytrallikni saqlab turibdi — Moskva tomonlarni qon to‘kmaslikka chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.  G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil hujumlarida 490 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 2750 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda Isroilning o‘qqa tutilishi oqibatida 15 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil matbuoti 800 kishi halok bo‘lgani va 2300 dan ortiq isroillik jarohat olgani haqida xabar bergan.

Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Checheniston Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing