Ramzan Qodirov Navalniyning zaharlanishida uni ayblashni taklif qildi

Jamiyat

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning “Spiegel” nashriga aytganidek, zaharlanishi ortida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin turgani haqidagi iddaosida mantiq va dalil topa olmaganini aytdi. Qodirov siyosatchining zaharlanishida uni buyurtmachi deb bilishni taklif qildi.

“Navalniy zaharlanishini Putin buyurtma qilganini aytdi. Muxolif siyosatchi sub’ektiv fikrini dalillarsiz aytdi”, degan Qodirov.

Aytgancha, buni yanada ishonarli va haqiqatga yaqin qilish uchun meni, Qodirovni ijrochi yoki buyurtmachi demading? Bu har holda sen aytganchalik kulgili ko‘rinmagan bo‘lardi. Mening mavhumliklarim jamg‘armasida yana bir mukammal ayblov paydo bo‘lardi. Bu haqda o‘ylab ko‘r, g‘oya beryapman”, degan Qodirov.

Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, Putin tufayli mamlakatda muxolifatga chidab kelinyapti va aynan u Navalniyning ayblovlariga javob qaytarishni istaganlarni tiyib turibdi.

“Agar uning o‘rnida ekssentrik rahba bo‘lganida edi barcha radikal muxolifatchilarni biror bahona bilan mamlakatdan quvardi”, degan Qodirov.

U Navalniyni o‘zgarishga va Vatanni sevishga chaqirdi. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, muxolifatchini Rossiyada o‘ldirishni istashganida hech bir shifokor uni saqlab qolish uchun harakat qilmagan va Omskka Germaniyadan kelgan samolyot qo‘nishiga ruxsat berilmagan bo‘lardi.

Avvalroq, Navalniy “Der Spiegel” nashriga bergan intervyusida uning zaharlanishi ortida Vladimir Putin turganini aytgandi.

Ma’lumot uchun, muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy joriy yilning 20 avgust kuni samolyotda Tomskdan Moskvaga ketayotganda tobi qochib, Omskdagi shifoxonaga yotqizildi. Unga nima bo‘lgani noma’lum bo‘lib turgan vaqtda, siyosatchining tarafdorlari Navalniy zaharlanganini iddao qildi.

Ular Navalniyni Germaniyaga olib ketish harakatiga tushganda Omskdagi shifokorlar bunga ruxsat bermadi. Oradan ikki kun o‘tib esa, Navalniyni istalgan shifoxonaga ko‘chirish mumkinligini aytishdi va siyosatchi Berlinga olib ketildi. Bu hol ham muxolifatchi tarafdorlarida shubha uyg‘otdi va ishga Kreml aralashgani gumon qilindi.

Germaniyada tekshiruvdan o‘tkazilgach, u zaharlangani ma’lum bo‘ldi. GFR Hukumati siyosatchi asab tizimini falajlovchi “Novichok” guruhiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini aytdi. Germaniya kansleri Angela Merkel Navalniyning zaharlanishi bo‘yicha Rossiyadan hisob so‘radi. Uning talabini Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSH ham qo‘lladi. Yevropa parlamenti esa Navalniy bilan yuz bergan holat bo‘yicha sanksiyalar joriy qilish haqida rezolyutsiyani tasdiqladi.

14 sentyabr kuni Navalniy o‘ziga keldi va sun’iy nafas oldirish apparatidan uzildi. Ertasi kuni u zaharlanganidan keyingi ilk suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

Ahamiyatli tomoni, “The New York Times” gazetasining GFR xavfsizlik xizmatidagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, Navalniy Germaniyada qolmoqchi emas. U sog‘aygach, Rossiyaga qaytib, o‘z missiyasini davom ettirish niyatida

Nemis nashrlari Navalniyning zaharlanishi ortida Rossiya razvedkasi borligini yozmoqda. Shuningdek, “Reuters” agentligi Navalniyning Omskdagi shifoxonadan ketishi bevosita Kreml ruxsat berganini ma’lum qildi. Agentlik Omskdagi shifoxonaga yaqin manba bilan suhbatlashgan. U shifokorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kremldan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytgan.

Navalniyning safdoshlari esa Tomskda u qolgan mehmonxona xonasidan “Novichok”ning izi bor suv idishi topgan. Zaharni Germaniya mutaxassislari aniqlagan.

Bu orada Rossiya Navalniy bilan bog‘liq barcha ayblovlarni rad qilyapti. Kremldagilar uning zaharlanganini ham yolg‘on deb atashmoqda. Aksincha, RF G‘arb davlatlari va NATO “Novichok” guruhiga kiruvchi zaharli moddani tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan deb, ularni aybladi


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made