Qodirov Rossiyadagi eng oliy harbiy unvonni oldi
Olam
−
20:47 1193 2 daqiqa
Bugun, 3 oktyabr kuni Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga armiya generali unvonini va krap beretini (maxsus bo kiyim) topshirdi. Bu haqda “Chechnya Segodnya” xabar berdi.
Zolotovning bayon qilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qodirovning harbiy unvonini oshirgan. Unga, ya’ni Zolotovga Putinning farmonini Qodirovga “yetkazish” va armiya generalining oltin pogonlari topshirilgan.
“Biroq bu hali hammasi emas. Uch kun oldin biz idora maxsus topshiriqli kuchlari tashkil etilganining navbatdagi yilligini nishonladik, ana shu kuchlarda krap beretini topshirish an’anasi paydo bo‘lgan edi. Va minnatdorchilik belgisi sifatida… armiya generali Qodirovga ushbu eng muhim ramzni topshirishga qaror qilindi”, deya qo‘shimcha qilgan Zolotov.
Ma’lumot uchun, bungacha Qodirov general-polkovnik unvonida edi. U ushbu unvonni 2022 yilda olgan. Armiya generali unvoni de-fakto Rossiya armiyasidagi eng oliy unvon hisoblanadi: undan yuqori faqat marshal unvoni bo‘lib, u 1997 yildan beri hech kimga berilmagan. Krap bereti esa Rosgvardiya va boshqa ba’zi kuch tuzilmalarining maxsus topshiriqli bo‘linmalarida eng oliy farqlash belgisi hisoblanadi. Uni qo‘lga kiritish uchun gohida ishtirokchilarning o‘limi bilan yakunlanadigan bir qator sinovlardan o‘tish talab etiladi. Ramzan Qodirovning ushbu sinovlarda ishtirok etgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Shu bilan birga, u ilgari ham krap beretini kiyib yurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov Checheniston rahbari saylovida rekord darajadagi 99,85 foiz ovoz olib, g‘olib bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi