Raisiyning o‘limidan so‘ng neft narxi qimmatlashmoqda – OAV
Olam
−
20 may
7975Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning vafoti hamda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon otasi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab Yaponiyaga safarini bekor qilganidan so‘ng, bugun, 20 may kuni qator mamlakatlarda neft narxining keskin o‘sishi kuzatilmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir barrel neft narxi asl narxidan 0,5 foizga yuqorilab, 84,39 dollarni tashkil etgan. Avvalroq uning narxi 84 va 43 dollar o‘rtasida o‘zgarib turgan. Bildirilishicha, bu joriy yilning 10 mayidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
“Neft bozoridagi narxlar o‘ynashi chigalligicha qolmoqda. Yangi katalizatorlarsiz biz bu diapazondan chiqib ketish uchun OPEK+ (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti)ning qarorini kutishimiz kerak", deydi Singapurda joylashgan tovar strategiyasi rahbari Uorren Patterson.
Ma’lumot uchun, 1 iyun kuni OPEK+ va uning ittifoqchilari yig‘ilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari bilan halokatga uchragandi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni podshohi, 88 yoshli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud pnevmoniya bilan kasallangani hamda Jiddadagi Al-Salom saroyidagi ixtisoslashgan klinikada antibiotiklar bilan davolanayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi