Putinning inauguratsiyasi kuni ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi joriy yilning 7 may kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishasga tayanib, TASS xabar berdi. 

Bildirilishicha, marosim oldi – 6 may kuni senatorlar COVID-19 bo‘yicha test topshiradilar. 

Ma’lumot uchun, bu Putinning prezident sifatidagi beshinchi inauguratsiyasidir. 

Eslatib o‘tamiz, 15-17 mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin g‘alaba qozondi. U 87,32 foiz ovoz bilan yana “kursi”sini saqlab qoldi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Mirziyoyev 21 fevral kuni Rossiya rahbari bilan Qozonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Putinning g‘alaba qozonishiga ishonch bildirib, saylovdan keyingi ilk tashriflardan birini O‘zbekistonga qilishini taklif qilgandi

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Sharl Mishel esa Rossiyada saylov boshlangan kunning o‘zidayoq Putinni g‘alaba bilan tabriklagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing