NATO Rossiyaga çuqur zarbalar beriş imkoniyatini muhokama qilmoqda – WSJ
Olam
−
12:13 615 2 daqiqa
NATO Rossiya hududining içkarisidagi harbiy bazalar, qurol-yaroğ omborlari va sanoat ob’ektlariga zarba beriş böyiça yondaşuvini qayta körib çiqmoqda. Alyans uzoq masofaga zarba beruvçi qurollardan foydalaniş va bunga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, joriy yilning iyun oyida NATO tarixida ilk bor duşman hududining içkarisiga zarba beriş masalasiga bağişlangan simpozium ötkazilgan. AQŞ Harbiy-havo kuçlari generali Aleksus Grinkeviç rahbarligida taşkil etilgan tadbirda uşbu masala qömondonlik-ştab maşğulotlari doirasida ham muhokama qilingan.
Yangi yondaşuv nafaqat Rossiya qöşinlariga, balki uning hududidagi harbiy bazalar, omborlar va sanoat ob’ektlariga ham zarba berişni nazarda tutadi. Bunda uzoq masofaga zarba bera oladigan yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalaniş rejalaştirilmoqda. Ular orasida qimmat va nisbatan arzon qurol tizimlari ham bor.
NATOning Yevropadagi birlaşgan qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksus Grinkeviç oktyabr oyida alyansning “ğalaba nazariyasi“ni taqdim etgan. Unga köra, ehtimoliy hujum yuz bergan taqdirda uç bosqiçli reja amalga oşiriladi: dastlabki zarbani qaytariş, hujumning davom etişiga tösqinlik qiliş va raqibning jangovar salohiyatini pasaytiriş.
Grinkeviç Yevropada harbiy mojaro muqarrar yoki yaqin deb hisoblamasligini, biroq NATO yuz berişi mumkin bölgan vaziyatlarga tayyor turişi kerakligini bildirgan. Uning aytişiça, alyans raqibini strategik mağlubiyatga uçratişni emas, öz hududining egallab olinişiga yöl qöymaslikni maqsad qilgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Moskva heç kimga tahdid solmasligi va Yevropa bilan uruşişni istamasligini bir neça bor bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, Rossiyaning NATO davlatlari bilan uruşiş uçun geosiyosiy, iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy manfaati yöq.
Şu bilan birga, Putin Ğarbning uzoq masofaga zarba beruvçi qurollaridan Rossiya hududiga hujum qiliş uçun foydalanilişi NATO davlatlari, AQŞ va Yevropa mamlakatlari Rossiya bilan uruş olib borayotganini anglatişini aytgan. U bunday qaror alyans davlatlarining harbiy mojaroda bevosita iştirok etişi yoki etmasligini belgilaşini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq NATO Rossiya bilan ehtimoliy harbiy töqnaşuv yuz bergan taqdirda zarur böladigan qöşinlar va qurol-yaroğ masalasini muhokama qilişni boşlayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi