Rossiyada özbekistonlik migrant hamkasbini piçoqlab öldirişda ayblanmoqda

3-sahifa

−

image

Rossiyaning Vladimir viloyatida 33 yoşli Özbekiston fuqarosi öz hamkasbini piçoqlab öldirişda ayblanmoqda. Bu haqda “Zebra TV” xabar berdi.

Tergov boşqarmasi ma’lumotiga köra, voqea joriy yilning 19 iyun kuni Vladimir şahrining Yurevets mikrorayonida joylaşgan korxonalardan birida sodir bölgan. Ayblanuvçi va marhum bir korxonada işlab, zavod hududidagi işçilar uçun ajratilgan binoda birga yaşagan.

Hodisa kuni oşxonada navbatçilik qilayotgan 33 yoşli fuqaro keçki ovqat tayyorlaşi kerak bölgan. Biroq u gipermarketga borib, uzoq vaqt qolib ketgan. Qaytib kelgaç, sabzavotlarni töğraş paytida pivo ham içgan.

Bu vaqtda 48 yoşli hamkasbi uning ovqat tayyorlaşga keçikayotganidan norozi bölib, tanbeh bergan. Oqibatda ular örtasida janjal kelib çiqib, mojaro muştlaşuvga aylangan. Şundan söng, oşxona navbatçisi qöliga piçoq olib, hamkasbining qorin qismiga zarba bergan. Korxonaning boşqa işçilari ularni ajratişga uringan va tez yordam çaqirgan. Biroq 48 yoşli fuqaro olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, erkak aybini qisman tan olgan. U hamkasbini öldiriş niyati bölmaganini bildirgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan qözğatilgan. Jinoyat işi körib çiqiş uçun Vladimir şahridagi Lenin tuman sudiga yuborilgan. Ayblanuvçiga 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonning Botken viloyatida Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Cobalt avtomobili iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasida bir kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing