Qirğizistonda özbekistonlik haydovçi YTHga uçradi. Qurbon bor
3-sahifa
−
18:17 766 1 daqiqa
Qirğizistonning Botken viloyatida Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Cobalt avtomobili iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasida bir kişi halok böldi. Bu haqda “24.kg” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa Öş–Razzoqov avtomobil yölining 183-kilometrida, Oq-Turpak qişloq okrugining Ming-Çinor qişloği yaqinida yuz bergan. Cobalt va Tico avtomobillari töqnaşgan.
Cobalt avtomobilini 45 yoşli Özbekiston fuqarosi, Tico maşinasini esa Qadamjoy tumanida yaşovçi 43 yoşli erkak boşqargan. Töqnaşuv oqibatida Tico yölovçisi, 36 yoşli Qadamjoy tumani fuqarosi voqea joyida vafot etgan. Haydovçilardan biri Botken viloyati birlaşgan şifoxonasiga olib borilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat Qadamjoy tumani Içki işlar bölimining elektron hisob jurnaliga qayd etilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Respublikasining Qizilörda viloyatida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida 3 özbekistonlik halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr