Ukraina Rossiyadagi yirik neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi

Olam

−

image

Bugun, 3 noyabr kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Yaroslavl şahrida joylaşgan “Slavneft-YANOS” neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. Oqibatda korxona hududida yirik yonğin yuzaga keldi. Bu haqda “Meduza” naşri xabar berdi. 

Guvohlar tomonidan olingan foto va videolarda zavod hududida kamida 7 ta yonğin öçoği körinadi. Ularning beştasi yirik, ikkitasi esa kiçikroq ekani aytilmoqda.

Yaroslavl viloyati gubernatori Mixail Yevrayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida hujum oqibatida neftni qayta işlaş zavodi infratuzilmasiga zarar yetganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, korxonaning ikki xodimi snaryad parçalari tegişi oqibatida jarohat olgan.

Şuningdek, urib tuşirilgan dronlarning qoldiqlari bir neçta köp qavatli va xususiy uylarning derazalariga zarar yetkazgan, avtomobillar ham şikastlangan. Yevrayev şaharga hujum qilgan 124 ta dron urib tuşirilganini bildirgan.

Dronlar hujumi sababli Yaroslavldan Moskvaga olib boruvçi yölda transport harakati bir neça soatga töxtatilgan. Jamoat transporti yönalişlari ham özgartirilgan.

“Slavneft-YANOS” Rossiyada neftni qayta işlaş quvvati böyiça beşinçi yirik zavod hisoblanadi. Korxona yiliga 15 million metrik tonnagaça neftni qayta işlaş imkoniyatiga ega. Ukraina dronlari avval ham Yaroslavldagi mazkur neftni qayta işlaş zavodiga bir neça bor hujum qilgan.

Eslatib ötamiz, Rossiya armiyasi keça, 2 noyabr kuni Ukrainaning Zaporoje viloyatidagi gumanitar yordam tarqatiş markazi va uning yonidagi boşpanaga aviabombalar bilan zarba bergandi. Hujum oqibatida kamida 26 kişi halok bölgan, yana 5 kişi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing