Putin va Zelenskiy Turkiyaga boradi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Turkiyaning uchinchi muddatga saylangan Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimidan so‘ng birin-ketin Anqaraga tashrif buyuradi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Turk nashrlari bergan xabarlarda aytilishicha, Rossiya va Ukraina Prezidentlari Erdo‘g‘an bilan don yo‘lagi masalasini muhokama qiladi. Turkiyaning “Hurriyet” gazetasi jurnalisti Hande Firat kecha, 30 may kuni “CNN Turk” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Erdo‘g‘anning inauguratsiyasidan keyin Turkiyaga alohida maxsus tashrif bilan borishini va undan keyin Zelenskiy ham Turkiyaga safar qilishini ma’lum qilgan. Biroq mazkur tashriflar qachon amalga oshirilishini aniq aytmagan.

Erdo‘g‘an bilan uchrashuv haqidagi savolga javoban, 29 may kuni Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu uchrashuv qandaydir shaklda albatta bo‘lishini, biroq uning aniq vaqti hozircha belgilanmaganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimi 3 iyun kuni o‘tkazilishi mumkinligi va marosimga tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlar ro‘yxati tuzilayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Turkiya yetakchisi o‘zining g‘alabasini xorijiy davlatlar rahbarlari bilan nishonlamoqchi ekani aytilgandi. Bundan avval, joriy yilning boshida Rajab Toyib Erdo‘g‘an Putinga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan Ukraina urushi, don yo‘lagi, Turkiyada gaz xabi yaratish kabi masalalarni muhokama qilgan, undan so‘ng Zelenskiyga “sim qoqib”, u bilan ham Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan suhbatlashib, o‘zini tinchlik muzokaralarida vositachi bo‘lishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Putin Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made