Erdo‘g‘an inauguratsiyasining ehtimoliy sanasi aytildi

Olam

image

Turkiyada qayta saylangan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Prezident maslahatchisi Mehmet Uchum o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Agar Oliy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini 1 iyun kuni e’lon qilsa, inauguratsiya marosimi 3 iyun kuni Anqarada bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Erdo‘g‘an yangi Vazirlar Mahkamasining ro‘yxatini e’lon qiladi”, deb yozgan Uchum.

“Adolat va taraqqiyot” partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik esa Erdo‘g‘anning inauguratsiyasida ishtirok etadigan xorijlik yetakchilar ro‘yxati hali tuzilayotganini aytgan. Uning aytishicha, xohlovchilar ko‘p, ro‘yxat shakllantirish esa davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Byulletenlarning 99,43 foizini sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52,14%, yagona muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 47,86% ovoz oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an inauguratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing