Erdo‘g‘an Putinga qo‘ng‘iroq qildi
Olam
−
05 yanvar 2023
4331Bugun, 5 yanvar kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Telefon orqali muloqoti chog‘ida Anqara gaz xabi yo‘l xaritasini tayyorlashni imkon qadar tezroq yakunlash rejalarini ma’lum qildi.
“Prezident Erdo‘g‘an muzokaralar chog‘ida Turkiyada tabiiy gaz markazini yaratish doirasida tegishli infratuzilma mustahkamlangani va bu yo‘nalishdagi ishlar davom etayotganini aytdi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida loyihaning “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashni yakunlash va uni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi”, deyiladi Turkiya Prezidenti devoni tomonidan tarqatilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Turkiya va Rossiya Federatsiyasi prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni, jumladan, energetika sohasidagi aloqalarni, shuningdek, Ukraina inqirozi, Suriyadagi vaziyat va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Turkiya rahbari Ukrainada tezda o‘t ochishni to‘xtatish va inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan.
“Prezident Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga munosabati bilan don yo‘lagi yaratish, asirlarni almashish, Zaporoje atom elektr stansiyasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar bergan ijobiy natijalarni eslatdi. U tinchlik va muzokaralar o‘tkazish, bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish va adolatli kelishuvga erishish chaqiriqlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi