Erdo‘g‘an Putin bilan gaplashgach, Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 5 yanvar kuni ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Turkiya Prezident devoni Aloqa bo‘limining xabar berishicha, suhbatdoshlar Turkiyaning gumanitar va energetika sohalarida qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, “don yo‘lagi” masalasini muhokama qilgan. 

Erdo‘g‘an o‘z mamlakatining Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun vositachilik harakatlariga tayyorligini ma’lum qilgan. 

U, shuningdek, mahbuslar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga e’tibor qaratgan hamda Anqaraning Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofidagi jarayonlarni tezlashtirishga diplomatik hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidlagan. 

Ukraina rahbari Erdo‘g‘anga frontdagi kuchayish xavfi haqida ma’lumot bergan va Ukraina armiyasini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan. Davlat rahbarlari ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlik tafsilotlarini muhokama qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya rahbari Vladimir Putinga ham qo‘ng‘iroq qilib, qator masalalarni muhokama qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing