Putin urushga chaqirilganlarning qanchasi janglarda qatnashayotganini aytdi

Olam

image

Hozirda “maxsus operatsiya” zonasida 80 mingga yaqin safarbar qilingan fuqarolar bor, ulardan 50 mingga yaqini jangovar harakatlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 7 noyabr kuni Tver viloyatiga safari chog‘ida mintaqa gubernatori Igor Rudenya bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Bizda hozirda 50 ming [kishi] jangovar bo‘linmalar tarkibida. Qolganlari esa hali harbiy harakatlarda qatnashmayapti. Ammo [“maxsus operatsiya”] zonasida 80 000 tagacha bor. Qolganlarning hammasi poligonda”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib, 28 oktyabr kuni RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda safarbarlik yakunlangani haqida Putinga hisobot berdi.

O‘z navbatida, Putin 4 noyabr kuni armiya safiga qo‘shilishni xohlovchi ko‘ngillilar oqimi kamaymayotgani sababli safarbar qilinganlar soni allaqachon 318 ming kishiga yetganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing