Rossiya armiyasiga safarbarlik doirasida qancha odam qo‘shilgani ma’lum qilindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasida safarbarlik doirasida 200 mingdan ortiq kishi armiyaga chaqirilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bayonot berdi.

"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, 21 sentyabrdan boshlab mamlakatda qisman safarbarlik amalga oshirildi. Bugungi kunda Qurolli kuchlar safiga 200 mingdan ortiq kishi yetib keldi", deydi Shoygu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, safarbar qilinganlarning mashg‘ulotlari 80 ta poligon va oltita o‘quv markazida olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, ular tayyorgarlik va jangovar muvofiqlashtirishdan so‘ng jangovar hududga boradi.

“Ta’kidlash kerakki, qisman safarbarlik davrida harbiy komissarliklarga ko‘p sonli ko‘ngillilar keldi. Har bir bunday murojaatga ehtiyotkorlik bilan yondashish juda muhim. Agar bunga jiddiy asoslar bo‘lmasa, hech kimni rad etmaslik kerak”, deydi vazir.

Shuningdek, u jangovar harakatlarda safarbar qilingan bo‘linmalar faqat maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan bo‘linmalar bilan birgalikda harakat qilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ro‘yxatga olish ixtisosligi bo‘yicha safarbar qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing