Putin Ukraina xavfsizligining kafolatchi davlati nomini aytdi

Olam

image
“Rossiya va Ukraina aka-uka”. Putin Ukraina haqida nimalar dedi? north_east

“Rossiya va Ukraina aka-uka”. Putin Ukraina haqida nimalar dedi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Alyaskadagi Rossiya-AQSH sammitida Xitoyni Ukraina xavfsizligining ehtimoliy kafolatlaridan biri sifatida tilga oldi. Bu haqda “Axios” o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.  

Nashrning yozishicha, bu bilan Putin NATO qo‘shinlaridan iborat xavfsizlik kuchlariga qarshi bo‘lishiga shama qilgan.

NBC News xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tinchlik bitimi doirasida Ukraina uchun NATO tipidagi xavfsizlik kafolatining bir qismi bo‘lishga tayyor, biroq Tramp Ukrainaga Amerika qo‘shinlarining kiritilishini bunday kafolat sifatida ko‘rmayapti. Ukrainaning NATOga qo‘shilishi haqida ham gap yo‘q.

“The Wall Street Journal” ham manbalarga tayanib, AQSH Ukrainaga bevosita xavfsizlik kafolatlarini berishga har qachongidan ham tayyor ekanini yozdi. Alyaskadagi sammitdan so‘ng AQSH Prezidenti va YeI yetakchilari Kiyev uchun NATOdan tashqarida, biroq “5-modda uslubida” kafolat berishni muhokama qilgan. Unda alyansni jamoaviy himoya qilish tamoyili mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, blokning bir a’zosiga qilingan hujum barcha a’zolarga qilingan hujum, deb hisoblanadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik mavqedoshi bilan bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng u bilan Ukraina xavfsizligini ta’minlash zarurati borasida hamfikr ekanini aytdi.

Ukraina tomoni Rossiya bilan ziddiyatni hal qilish uchun xalqaro xavfsizlik kafolatlari zarurligini bir necha bor ta’kidlagan. Ukrainaning asosiy talablari orasida harbiy va iqtisodiy yordam kafolatlari, zamonaviy qurol tizimlari va tezkor javob mexanizmlari mavjud.

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishonchli xavfsizlik kafolatlari va xalqaro nazoratsiz har qanday hududiy imtiyozlar qabul qilinishi mumkin emasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH yetakchisi Donald Trampga Alyaskadagi muzokaralar chog‘ida Ukraina qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqib ketish evaziga Ukrainadagi mojaroni “muzlatib qo‘yish”ga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Xitoy Putin Ukraina xavfsizligi Rossiya-AQSh sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing