Putin saylovdan oldin Turkiyaga, keyin esa Shimoliy Koreyaga borishni rejalashtirmoqda – Peskov 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi yaqin oylarda amalga oshishi mumkin, Shimoliy Koreyaga tashrif esa keyinroq bo‘ladi. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Undan Putinning Turkiyaga safari prezidentlik saylovlari oldidan amalga oshishi ehtimoli haqida so‘ralganda, Peskov: “Ha, biz bu tashrif saylov oldidan amalga oshishi ehtimolidan kelib chiqib tayyorlanamiz”, deb javob bergan.

Prezident matbuot kotibiga ko‘ra, Shimoliy Koreya safari saylovdan keyinga qolishi mumkin.

“Shimoliy Koreyagami? Yo‘q, bu istiqbolli reja, biz taqvim bo‘yicha kelishib, Prezidentga taqdim etamiz”, deydi Kreml vakili jurnalistning savoliga javob berar ekan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi Prezident Vladimir Putin "o‘zini-o‘zi ko‘rsatgan" nomzod sifatida qatnashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning oxirgi uchrashuvi 2023 yil 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Putinning oxirgi uchrashuvi esa 13 sentyabr kuni “Vostochniy” kosmodromida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Vladimir Putin Kim Chen In Rajab Toyib Erdo'g'an Shimoliy Koreya Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made